Metro Moskva ilovasida elektroskuterlarni ijaraga olish imkoniyati paydo boʻldi

Moskva transport departamenti rahbari Maksim Liksutovning maʼlum qilishicha, endilikda "Velobayk" elektroskuterlarini "Metro Moskva" ilovasi orqali ijaraga olish mumkin. Bu yangilik shahar transport tizimini yagona raqamli ekotizimga birlashtirish doirasida amalga oshirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ilova foydalanuvchilari xaritada eng yaqin turgan skuterlarni topishlari, ularning quvvat darajasini tekshirishlari va bir necha bosish orqali ijarani rasmiylashtirishlari mumkin. Buning uchun shaxsiy kabinetdagi "Servislar" boʻlimiga oʻtish kifoya.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun foydalanuvchilar ilovani eng soʻnggi versiyagacha yangilab olishlari kerak. Hozirgi kunda "Velobayk" parkida 9 mingdan ortiq velosiped va 4 mingga yaqin elektroskuter mavjud.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, ushbu integratsiya poytaxt aholisi va mehmonlari uchun transport xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay va tezkor qilishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!