Hansi Flick Barselona bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirdi

Barselona klubi bosh murabbiyi Hansi Flick bilan hamkorlikni rasman uzaytirdi. Germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklar bilan 2028-yilning iyuniga qadar moʻljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. Kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga, yaʼni 2029-yilgacha uzaytirish imkoniyati ham koʻzda tutilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hansi Flick boshqaruvidagi Barselona qisqa vaqt ichida oʻz oʻyin uslubini tubdan oʻzgartirib, Ispaniya futbolida yana yetakchi kuchga aylandi. Murabbiy jamoa bilan ikki yil ichida beshta sovrinni, jumladan, ikki karra La Liga chempionligi, ikki marta Ispaniya Superkubogi va Ispaniya Kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Klub rahbariyati, xususan, prezident Joan Laporta murabbiyning hujumkor futbol falsafasini saqlab qolgan holda yuqori natijalarga erishayotganidan mamnun. Flick nafaqat sovrinlar, balki yoshlarga boʻlgan ishonchi bilan ham ajralib turmoqda. U La Masia akademiyasining 13 nafar tarbiyalanuvchisiga asosiy tarkibda debyut qilish imkoniyatini berdi.
Ushbu shartnoma Barselona klubining kelajakdagi ambitsiyalaridan dalolat beradi. Ichki chempionatdagi ustunlikni tiklab olgan kataloniyaliklar endilikda asosiy eʼtiborni Yevropa maydonlarida, xususan, Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishga qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!