date

Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin yana sportga qaytdi

Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin yana sportga qaytdi

Foto: gazeta.uz

Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Hozirda sportchimiz individual ravishda, o‘zgarishlarsiz mashqlar olib bormoqda va shaklni tiklashga harakat qilmoqda.

“Ha, men katta sportga yana qadam qo‘yapman. Uzoq tanaffusdan keyin darhol terma jamoa bilan yig‘inga qo‘shilish qiyin. Shu sababli hozir alohida mashg‘ulotlardan o‘tyapman. Qaysi musobaqada qatnashaman? Bu haqida hozir aniq ayta olmayman. Agar sport formamni tiklay olsam, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatim bo‘lishi mumkin. Agar ulgura olmasam, keyingi musobaqalarda ishtirok etish niyatim bor”, — dedi Keldiyorova.

Eslatib o‘tamiz, sportchimiz Parij-2024 Olimpiadasidan keyin farzandli bo‘lgan va deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana musobaqalarga qaytmoqda. Musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni MOQ tomonidan ham kuzatib borilmoqda.

Bu qayta qaytish muxlislar uchun ham quvonchli xabar bo‘lib, Diyora Keldiyorovaning oliy sportda yana yuqori natijalarga erishishi kutilmoqda. Mashg‘ulotlardagi mehnat va intilish sportchimiz uchun yangi g‘alabalar omili bo‘lishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin yana sportga qaytdi