VAR tarixidagi eng muhim lahza: Arsenal g‘alabasidan keyingi bahslar

Angliya Premer-ligasi doirasidagi Arsenal va Vest Xem Yunayted o‘rtasidagi bahs so‘nggi daqiqalardagi shov-shuvli qaror bilan yodda qoldi. O‘yinning 95-daqiqasida Callum Wilson tomonidan kiritilgan gol VAR tizimi tomonidan bekor qilindi va bu holat chempionlik poygasidagi vaziyatni keskin o‘zgartirib yubordi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Manchester Yunayted afsonasi Gary Neville ushbu vaziyatni VAR tarixidagi eng muhim lahza deb atadi. Uning fikricha, hakam Chris Kavanagh tomonidan qabul qilingan bu qaror Arsenal jamoasining 22 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritishida hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.
To‘rt daqiqalik tekshiruvdan so‘ng, video yordamchi hakam Darren England Pablo darvozabon David Raya ga nisbatan qoidabuzarlik qilganini aniqladi. Natijada gol bekor qilindi va Arsenal qimmatli uch ochkoni saqlab qoldi. Endilikda jamoa o‘z taqdirini o‘zi hal qilmoqda va qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempionlikni rasmiylashtiradi.
Roy Keane esa Vest Xem futbolchilarining xatti-harakatini keskin tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, darvozabonga nisbatan bunday qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yish professional futbolchilar uchun nomaqbul holat va VAR bor ekan, bunday qoidabuzarliklar albatta jazolanadi.
Ushbu mag‘lubiyat Vest Xem uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Jamoa turnir jadvalida qiyin ahvolda qolib, quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida qoldi. Endilikda ularning yagona umidi Tottenxem dan o‘zib ketishda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!