date

Farhod Sulaymonovdan kutilmagan yo‘nalishdagi “Bale” nomli yangi trend qo‘shiq!

Farhod Sulaymonovdan kutilmagan yo‘nalishdagi “Bale” nomli yangi trend qo‘shiq!

“Farhod va Shirin” loyihasi orqali muxlislarga yaxshi tanilgan xonanda Farhod Sulaymonov yangi ijod mahsulini taqdim etdi. San’atkor “Bale” nomli yangi qo‘shig‘i bilan kutilmagan yo‘nalishda chiqish qilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Yangi tarona nafaqat ohangi, balki unga ishlangan raqs harakatlari bilan ham tinglovchilar e’tiborini tortdi. Muxlislar xonandaning avvalgi uslubidan farq qiladigan yangi imiji va energiyasini iliq kutib oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar ostida ko‘plab foydalanuvchilar Farhod Sulaymonovga omad tilab, qo‘shiq qisqa fursatda trendga aylanishini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Farhod Sulaymonovdan kutilmagan yo‘nalishdagi “Bale” nomli yangi trend qo‘shiq!