Vinsent Kompani Nikolas Jeksonni Bavariyada olib qolmoqchi edi

1 daqiqa o'qish234
Vinsent Kompani Nikolas Jeksonni Bavariyada olib qolmoqchi edi

Bavariya hujumchisi Nikolas Jekson mavsum yakunida klubni tark etishi kutilmoqda. Garchi futbolchi jamoa bosh murabbiyi Vinsent Kompani rejalariga kirgan bo‘lsa-da, moliyaviy omillar transferga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Germaniya futboli afsonasi Lotar Matteusning Sky90 telekanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, Kompani Jeksonning mahoratiga to‘liq ishonadi va uni Myunxenda saqlab qolishni istagan. Biroq, futbolchining transfer qiymati Bavariya rahbariyati uchun juda qimmatlik qilmoqda.

Jekson ayni damda Chelsi klubidan ijaraga olingan. Bavariya o‘tgan yili ijaraga 16,5 million yevro to‘lagan bo‘lsa-da, 65 million yevrolik to‘liq sotib olish sharti klub byudjeti uchun yuqori deb baholanmoqda. Sport direktori Maks Eberl futbolchi ijara muddati tugagach, Chelsi safiga qaytishini tasdiqladi.

Senegallik hujumchi joriy mavsumda Bavariya safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Chelsi bilan shartnomasi 2033-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, London klubining kelgusi rejalari hozircha noma’lum.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?