date

Namanganda rashk qurboni bo‘lgan 11-sinf qizining ayanchli qismati

Namanganda rashk qurboni bo‘lgan 11-sinf qizining ayanchli qismati

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yuz bergan mudhish voqea keng jamoatchilikni larzaga soldi. Rashk oqibatida yigit o‘zi bilan unashtirilgan, 11-sinfda tahsil oladigan sevgilisini pichoqlab, uning hayotiga nuqta qo‘ydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojea joriy yilning 6 may kuni soat taxminan 08:30 atrofida Kosonsoy tumani “Yoshlik” MFY, Navobot ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yigit rashk sababli unashtirilgan sevgilisi bilan o‘zaro tortishib qolgan. Shundan so‘ng u qizni o‘ldirish niyatida yonida bo‘lgan pichoq bilan uning ko‘krak hamda qorin qismiga bir necha bor zarba bergan va hodisa joyidan yashiringan.

Og‘ir tan jarohatlari olgan qiz shifoxonaga olib borilganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. U shifoxonada vafot etgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yetib borgan. Hudud atroflicha ko‘zdan kechirilib, daliliy ashyolar rasmiy tartibda olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi — qasddan odam o‘ldirish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga muvofiq tartibda ushlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda rashk qurboni bo‘lgan 11-sinf qizining ayanchli qismati