22:02 / 06.04.2018
3 831

Shota Arveladze: "Urilmagan penaltidan keyin jamoa ruhan taslim bo‘ldi"

Шота Арвеладзе: "Урилмаган пенальтидан кейин жамоа руҳан таслим бўлди"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Buxoro"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoaga penaltidan urilmagan gol ruhan zarba bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
"Qiyin o‘yin bo‘lishi kutgandik. Uchrashuv juda qiyin o‘tdi. Birinchi bo‘limda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak edi. Bu kabi o‘yinlarda birinchi golni urib olish juda muhim. Urilmagan penaltidan keyin jamoamiz ruhan taslim bo‘ldi. "Buxoro" esa bu orada tanaffusga qadar tez gol urdi. Birinchi bo‘limda bizda imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa to‘xtalishlar ko‘p bo‘ldi. Odatda yutayotgan jamoa uchrashuv tempini tushirishga, yutayotgan jamoa esa tezkor o‘ynashga intiladi. Bu orada esa vaqt o‘tib boraveradi. "Buxoro"ni g‘alaba bilan tabriklayman", - dedi Shota Arveladze.


Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" safida shu kuni faol o‘ynagan hujumkor vinger Jaloliddin Masharipov ham qatnashdi va o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bizni qiyin uchrashuv kutib turganini bilgandik. "Buxoro" o‘z muxlislariga tayanib yanada kuchli o‘ynaydi. Ishqibozlarning olqishi ularni yanada qo‘shimcha kuch bilan o‘ynashlariga turtki bo‘ldi. Biz buni juda yaxshi bilgandik. Mag‘lubiyatga esa o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimiz asosiy sabab. Bu birinchi marotaba kuzatilayotgani yo‘q. Har o‘yinda 3-4ta yaqqol vaziyatni golga aylantira olmayapmiz. Bugun ham aynan shu muammoni hal eta olmaganimiz qimmatga tushdi", - dedi Jaloliddin Masharipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Urilmagan penaltidan keyin jamoa ruhan taslim bo‘ldi"