08:58 / 18.09.2018
3 750

2019-2022 yillarda Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

2019-2022 yillarda Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda sport sohasidagi islohotlar samarasini yanada oshirish, futbolning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, qator kamchilik va muammolarni bartaraf etish, hamda ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish uchun futbol jamoatchiligi muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan, 2019-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi saytida eʼlon qilingan strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

Futbol sohasining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish:
- Respublikamizda futbol sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro talablar va amaldagi qonunchilikka muvofiq yanada takomillashtirish;

Futbol sohasinining boshqaruv tizimini takomillashtirish:
- OʻFA markaziy boshqaruv apparatining tuzilmasi va shtat birliklarini FIFA talablari asosida tanqidiy oʻrganib chiqqan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, OʻFA Ustavini FIFA talablari va milliy qonunchiligimiz asosida qayta koʻrib chiqish va yangi tahrirda tasdiqlash, OʻFA markaziy boshqaruv apparatining funksional vazifalarini qayta koʻrib chiqish va boshqaruv apparatida ijro intizomini mustahkamlash;

Murabbiylar, hakamlar va futbol sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish:
- Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol boʻyicha murabbiylar tayyorlash va malakasini oshirish, malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash maqsadida futbol boʻyicha murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan shaxslar uchun joylarda murabbiylik kurslarini oʻtkazish, FIFA, UYEFA va OFK mutaxassislarini jalb qilgan holda murabbiylik taʼlimi boʻyicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslarni oʻtkazish; murabbiylarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish;

- 2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2022 yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatiga futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarlik koʻrishini va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash;

- OʻFA va futbol boʻyicha milliy terma jamoaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarda bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy stadionlar infratuzilmasini barpo etish;

- Futbol sohasida isteʼdodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va oʻquv-mashgʻulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish, bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari faoliyatini rivojlantirish;

- Futbol sohasini ilmiy-metodik taʼminlash, sport yoʻnalishidagi yuqori malakali tibbiyot, fiziologiya, diyetologiya va psixologiya xodimlarini shartnoma asosida jalb etgan holda OʻFAning Ilmiy-metodik taʼminlash boshqarmasi qoshida “Futbol terma jamoalarini tayyorlashni ilmiy taʼminlash Markazi”ni tashkil etish, yuqori mahoratli futbolchilarni tayyorlashda zamonaviy texlogiyalarni keng qoʻllagan holda ilmiy yondoshish asnosida ishlarni tashkil etish;

- Oʻzbekiston Professional futbol ligasi musobaqalari saviyasini, imidjini oshirish, OʻzPFL xodimlarining kasbiy mahoratini va malakasini oshirib borish, Oʻzbekiston chempionati va Kubogi uchrashuvlariga muxlislar tashrifini oshirish;

- Oʻzbek futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar, chora-tadbirlar, OʻFA va PFL faoliyatini yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarida va tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida keng yoritib borish, oʻzbek futbolidagi islohotlarga nisbatan keng jamoatchilik fikrini oʻrganish va bu boʻyicha tahliliy materiallar berib borish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2019-2022 yillarda Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi