
Mutlaq kurash chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni, rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedovning tarjimai holi oltita tilda tarjima qilinadi.
Bu haqda TASS Kitob muallifi Zaur Qurbonovga asoslanib xabar bermoqda.
Qurbonovning aytishicha, “Khabib Time” ingliz, arab, xitoy, hindi, turk va portugal tillarida chop etiladi.
“Tarjima ishlarini allaqachon boshlaganmiz. Taxminimizcha, fevral oyining boshiga kelib kitobning ingliz tilidagi varianti tayyor bo‘ladi. Chunki kitobni ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kutishmoqda. Kitob ingliz, arab, xitoy, hind va turk tillariga tarjima qilinadi. Bundan tashqari, oltinchi — portugal tiliga tarjima qilishni ham qilishni rejalashtirganmiz. Chunki Habib faoliyati davomida to‘rtta braziliyalik sportchini mag‘lubiyatga uchratgan. Shu bois braziliyaliklar ham Habib haqida o‘qishini va bilishini xohlayman”, - deydi Qurbonov.
Nurmagomedov haqidagi 300 betlik kitobning taqdimoti shu yilning 26 noyabr kuni Moskvada o‘tkazilgan edi.
Sportchi hozirga qadar UFCda 27 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar