Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini ekspertlar juda yuksak baholashdi!

“Manchester Siti” UYEFA Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvida ham “Real Madrid”ga qarshi bas kela olmadi. Vinisius Juniorning ikkita goliga Erling Xoland bir marta javob qaytarish bilan cheklandi.
“Etixad” arenada 2:1 hisobi bilan madridliklar g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bu uchrashuvni to‘liq o‘tkazib, “Real” futbolchilariga qarshi himoyada eng yaxshi o‘ynagan futbolchi bo‘ldi. 22 yoshli markaziy himoyachi 45-daqiqada Vinisius Juniorni qattiq kutib oldi va qo‘polligi uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Nufuzli manba – esteemedkompany.com portali ekspertlari “Manchester Siti” futbolchilari harakatlarini quyidagicha baholadi:
Janluiji Donnarumma — 6,5/10:
Donnarumma ajoyib seyv amalga oshirdi va “Siti” 70 daqiqadan ortiq vaqt davomida o‘n kishi bilan o‘ynaganiga qaramay to‘p qaytarishga ko‘p majbur bo‘lmadi.
Mateush Nunesh — 7/10:
Portugaliyalik himoyachi hujumlarga faol qo‘shildi va himoyada o‘z vazifasini bajardi, keyin esa yakshanba kuni Karabao kubogi finalini hisobga olgan holda almashtirildi.
Abduqodir Husanov — 9/10:
Husanov himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Uning tezligi “Real”ning bir nechta hujumlarini to‘xtatdi va zarur paytlarda yakkakurashlarda kuchini ham ko‘rsatdi. Liga kubogi doirasida “Arsenal”ga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak.
Ruben Diash — 6/10:
Uni “Arsenal”ga qarshi Karabao kubogi finali uchun asrash maqsadida almashtirishdi. Uning o‘yini ideal emas edi, ammo kurashishga tayyor edi.
Rayan Ayt-Nuri — 7,5/10:
Himoyada ham, hujumda ham yaxshi harakat qildi.
Rodri — 8/10:
Yarim himoyachi almashtirilguncha bor kuchini sarfladi.
Bernardu Silva — 4/10:
Vinisius Junior zarbasini qaytarishga urinib, qasddan qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka olib, jamoasini qiyin vaziyatga soldi. Biroq u o‘yinni jamoasi uchun baribir faol boshladi.
Tijani Reynders — 3/10:
Reynders o‘zini ko‘rsatishi kerak edi, ammo umuman o‘yinda ko‘zga tashlanmadi va jamoaga foyda keltirmadi.
Rayan Sherki — 8,5/10:
Jamoasi uchun vaziyatlar yaratdi va tinimsiz mehnat qildi. Pep Gvardiolaga Sherki asosiy tarkibda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi.
Jeremi Dok-u — 9/10:
“Siti” tarkibida eng yaxshi futbolchi bo‘ldi, golli uzatma berdi va raqib darvozasiga doimiy xavf soldi.
Erling Xoland — 7/10:
Gol urdi va umumiy jihatdan yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Uzatmalar uning o‘yinini kuchaytirdi.
Natan Ake — 6/10:
Zaxiradan tushib himoyada ishonchli harakat qildi.
Mark Gexi — 6/10:
Himoyada vazifasini bajardi, ammo Vinisiusning g‘alaba goli oldidan pozitsiyadan chiqib qoldi.
Antuan Semeno — 6/10:
Xavfli pozitsiyalarda harakat qildi, ammo noaniqlik unga xalal berdi.
Umar Marmush — 6/10:
Bir necha marta to‘pni qabul qildi, lekin salohiyatini to‘liq namoyon qila olmadi.
Bu bahsda Abduqodir Husanov va Jeremi Dok-u jamoani maydonda ko‘tarib turdi va himoya hamda hujumda muhim hissa qo‘shdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!