date

YECHL chorakfinali taqvimi e’lon qilindi: kutilgan super bahslar yaqin

YECHL chorakfinali taqvimi e’lon qilindi: kutilgan super bahslar yaqin

Yevropa futbolining eng nufuzli musobaqasi — UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi chorakfinal bosqichiga oid o‘yinlar taqvimi rasman e’lon qilindi. Endi muxlislarni haqiqiy grandlar to‘qnashuvi, keskin va intrigaga boy bahslar kutib turibdi.

Dastlabki uchrashuvlar 7–8 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Ilk bahsda «Sporting» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Shu kuni yana bir markaziy qarama-qarshilikda «Real» va «Bavariya» o‘zaro kuch sinashadi.

8 aprel kuni esa yanada qiziq juftliklar maydonga chiqadi. «Barselona» o‘z arenasida «Atletiko»ni qabul qilsa, «PSJ» Parijda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.

Javob o‘yinlari esa 14–15 aprel kunlariga belgilangan bo‘lib, aynan shu bahslar chorakfinal taqdirini hal qiladi. Ispaniya derbisida «Atletiko» o‘z uyida «Barselona»ni sinovdan o‘tkazadi, «Liverpul» esa «Enfild»da «PSJ»ni qabul qiladi. Shuningdek, «Arsenal» – «Sporting» va «Bavariya» – «Real» juftliklari ham yarim final yo‘llanmasi uchun jangni davom ettiradi.

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi esa 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi chempion — «PSJ» hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan mavsum finalida «Inter»ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etib, barchani hayratda qoldirgan edi.

Qisqasi, bu chorakfinallar — oddiy bosqich emas, haqiqiy finalga teng janglar. Bu o‘yinlarni o‘tkazib yuborish — xuddi serial finalini skip qilishdek.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » YECHL chorakfinali taqvimi e’lon qilindi: kutilgan super bahslar yaqin