15:41 / 17.09.2019
2 695

U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Hammamiz bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Hammamiz bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ertaga Osiyo chempionati saralash o‘yinlarini boshlaydi.
Uchta guruhda bahslar boshlanib bo‘lgan va boshqa guruhlarda endi start oladi. Avvalo shuni aytish aytish kerak, U-16 Osiyo chempionatining amaldagi g‘olibi Yaponiya hisoblanadi. O‘tgan yil Malayziyada o‘tkazilgan qit’a birinchiligida Yaponiya finalda Tojikistonni mag‘lub etgan.

Navbatdagi musobaqa 2020 yil 16 sentyabr - 3 oktyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tadi, faqat hozircha mezbon mamlakat ma’lum emas. U-16 Osiyo chempionati saralash o‘yinlarida jami 47ta davlat ishtirok etadi. Jamoalar to‘rt va beshtadan 11ta guruhga bo‘lingan. Har bir guruh o‘yinlari OFK tomonidan belgilab qo‘yilgan mamlakatda o‘tkaziladi.

"A" guruhi - Iordaniya (mezbon), Quvayt, Tojikiston, Nepal, Shri Lanka.
"B" guruhi - O‘zbekiston (mezbon), Hindiston, Bahrayn, Turkmaniston.
"C" guruhi - Eron (mezbon), Afg‘oniston, Falastin, Maldiv.
"D" guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), Ummon, Suriya, Pokiston.
"E" guruhi - Qatar (mezbon), Yaman, Bangladesh, Butan.
"F" guruhi - Qirg‘iziston (mezbon), Iroq, Livan, BAA.
"G" guruhi - Indoneziya (mezbon), Xitoy, Filippin, Bruney, Shimoliy Mariana orollari.
"H" guruhi - Vetnam (mezbon), Avstraliya, Mo‘g‘uliston, Timor Leste, Makau.
"I" guruhi - Singapur (mezbon), KXDR, Gonkong, Guam.
"J" guruhi - Laos (mezbon), Yaponiya, Malayziya, Kambodja,
"K" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Tailand, Xitoy Taypei.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi joy olgan bahslar Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 18-22 sentyabr oralig‘idagi o‘yinlarga TTYMI va "Jar" stadionlari mezbonlik qiladi. U-16 Osiyo chempionati saralashi va kelasi yil musobaqaning o‘zida 2004 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilar o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi.

Saralash bahslari 14-22 sentyabr oralig‘ida quyidagi davlatlarda bo‘lib o‘tadi: Iordaniya, O‘zbekiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar, Qirg‘iziston, Indoneziya, Vetnam, Singapur, Laos, Myanma.

Saralash o‘yinlari formatiga ko‘ra, har bir guruh g‘oliblari (11 jamoa) hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta ikkinchi o‘rin egasi kelasi yilgi U-16 Osiyo chempionatiga yo‘llanma oladi. Agar mana shu 15ta jamoa orasida biri mezbon sifatida tanlanadigan bo‘lsa, unda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan beshinchi jamoa ham musobaqaga boradi. U-16 Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Hammamiz bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar