22:23 / 30.01.2020
3 097

"Oston O‘runov nega Olimpiya terma jamoamizga chaqirilmadi?" Bu savolga Drulovich javob berdi

"Oston O‘runov nega Olimpiya terma jamoamizga chaqirilmadi?" Bu savolga Drulovich javob berdi
Tailandda o‘tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Bir qadam qolganda yana Olimpiadaga chiqa olmadik. Agar 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Avstraliyani mag‘lub etganimizda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga boradigan Osiyoning uchinchi jamoasi bo‘lardik.

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokida so‘nggi matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida endilikda sobiq murabbiyga bir qator savollar berildi.

Anjuman o‘z yakuniga yetgach, serbiyalik murabbiy bilan alohida suhbatlashdik va undan Oston O‘runov nima uchun terma jamoaga jalb qilinmaganini so‘radik. Murabbiy bu savolga shunday javob berdi:

"Albatta, Oston kuchli futbolchi va uning o‘yinlarini doim kuzatib keldim. Lekin qo‘l ostimdagi futbolchilar ham yaxshi edi. U-23 Osiyo chempionatida to‘rt nafar kuchli yarim himoyachi ishtirok etdi: Aziz G‘aniyev, Abdulla Abdullayev, Oybek Bozorov va Abror Ismoilov. Bu futbolchilarning hech birini Oston O‘runovdan kuchsiz demagan bo‘lardim".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Oston O‘runov nega Olimpiya terma jamoamizga chaqirilmadi?" Bu savolga Drulovich javob berdi