12:10 / 23.08.2020
1 987

Aleksandr Povetkin: «Dillian Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman, u kuchli bokschi»

Aleksandr Povetkin: «Dillian Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman, u kuchli bokschi»
Foto: Yandex Photos
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin (35-2-1, 24 KO) WBC yo‘nalishining vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Dillian Uaytga (26-1, 18 KO) qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Uaytni hurmat qilaman. U kuchli, yaxshi bokschi, bu yerda sirli hech narsa yo‘q. Dillianda yaxshi zarba bor. Uni yuqori saviyali bokschi deb bilaman. Shunday ekan unga qarshi yaxshi jang o‘tkazish uchun ancha ter to‘kishimga to‘g‘ri keladi.

Mehmonxonadagi izolyatsiya? Bu ishning bir bo‘lagi. Albatta, tutqunlikda o‘tirishni yomon ko‘raman, biroq bu ishimga bog‘liq. O‘z ishimga professional yondashishim kerak. O‘ylashimcha, muxlislarning yo‘qligi ta’sir o‘tkazmasa kerak, yana ko‘ramiz.

Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman. Shunchaki yaxshi boks namoyish qilgan holda, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka urinaman. Bori shu
", - deydi Aleksandr Povetkin.

Povetkin va Uayt o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 22 avgustdan 23 avgustga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Povetkin: «Dillian Uaytni nokautga uchratish haqida o‘ylamayapman, u kuchli bokschi»