19:50 / 28.03.2021
2 420

Xayrulla Hamidov: Birinchi marta foydalanilmagan vaziyatlar uchun futbolchilarimizga rahmat deymiz

Xayrulla Hamidov: Birinchi marta foydalanilmagan vaziyatlar uchun futbolchilarimizga rahmat deymiz
Taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov saytimiz tomonidan tashkil etib kelinayotgan "O‘zbekcha futbol" dasturida mehmon bo‘ldi. Unda O‘zbekiston - Gana bellashuvi haqida quyidagi fikrlar bildirildi:

"Terma jamoamizning uchrashuv yakunida qiyinchiliklarga uchraganining sababi sifatida biznikilarning charchab qolgani va ganaliklarning o‘yinni kuchaytirganini keltirsak bo‘ladi. Ayniqsa, ikkinchi taymda maydonga tushgan Issahaku Abdul Fatauning harakatlari tahsinga sazovor. 2004 yilda tug‘ilgan bolakayning maydonga tushishi o‘yinni tom ma’noda o‘zgartira oldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shiladigan futbolchilarning bahs kartinasini o‘zgartirib yuborishi ko‘p uchraydi.

Terma jamoamizning vaziyatlardan foydalanmagani uchrashuv shiddatining saqlab qolinishiga sabab bo‘ldi. Masalan, birinchi taymda 4:0 hisobida g‘alaba qozonganimizda va yakunda Ganaga hech qanday imkon qoldirmaganimizda muxlislarda nega Gananing ikkinchi tarkibi bilan o‘ynadik qabilidagi savollar ko‘payib ketishi mumkin edi. Shu boisdan, birinchi marta futbolchilarga foydalanilmagan vaziyatlar uchun rahmat aytsak bo‘ladi
", - dedi Xayrulla Hamidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov: Birinchi marta foydalanilmagan vaziyatlar uchun futbolchilarimizga rahmat deymiz