17:00 / 28.04.2021
2 404

OCHLning 2 ta guruh o‘yinlari markazlashgan holda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin


Turli mustaqil manbalardan olingan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston markazlashgan holda tashkil etiladigan Osiyo Chempionlar ligasi Sharqiy mintaqasining 2 ta guruh o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi.

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar “JCH-2022” hamda “Osiyo kubogi-2023” uchun markazlashgan holda o‘tkaziladigan qo‘shma saralash o‘yinlarini o‘tkazishga rozi, ammo ushbu davlatlar OCHL o‘yinlarini qabul qilishni istashmayapti.

Sharqiy mintaqaning guruh bosqich o‘yinlari iyun-iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha ushbu markazlashgan o‘yinlar yurtimizning qaysi stadionlarida o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

OCHLning G‘arbiy mintaqasida guruh bosqich o‘yinlari markazlashgan holda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Hindistonda o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHLning 2 ta guruh o‘yinlari markazlashgan holda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin