
Futbol olamida intiqlik bilan kuzatilayotgan savollardan biri — Lionel Messining “Inter Mayami”da qolish-qolmasligiga oydinlik kiritildi, deb yozadi ESPN. Mashhur insayder Fabritsio Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 37 yoshli argentinalik hujumchi klubda qolishga qaror qilgan va klub rahbariyati bilan yangi bitim borasida muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi kelishuvga ko‘ra, Messi “Inter Mayami” safida 2026 yil dekabrigacha to‘p surishi mumkin. Klub esa o‘z yulduziga yanada yaxshilangan, moliyaviy va shartlar jihatidan ham qulay taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.
Avvalroq, futbol olamida Messining kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi bilan so‘nggi marta maydonga tushishi uchun Yevropaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Messi o‘z kelajagini AQSHda davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.
Messi uchun bu qaror nafaqat shaxsiy hayoti, balki MLS uchun ham muhim qadam hisoblanadi. Amerika futboliga kelganidan beri, u liga nufuzini, muxlislar sonini va jamoa brend qiymatini keskin oshirdi. Shu bilan birga, klub rahbariyati uning tajribasi va liderlik salohiyatidan maksimal foydalanish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Messining amaldagi shartnomasi yil so‘nggida yakunlanadi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi yaqin munosabat, maydondagi yuqori natijalar va yangi loyihalar “Inter Mayami”dagi yangi sahifaning boshlanishidan darak bermoqda.
Endi esa Messi yangi mavsumda ham “Inter Mayami” safida maydonga tushib, amerikalik muxlislariga yana ko‘plab quvonch ulashishi kutilayapti. Bu esa klubning ham, futbolchining ham yangi maqsadlar sari intilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar