3 087
Oleg Zoteyev Saudiyaga qarshi o‘yin va klubi nima uchun qo‘yib yuborishni istamagani haqida gapirdi
Ma’lum tanaffusdan keyin yana milliy terma jamoamizga qaytgan Oleg Zoteyev ham hozir yaxshi sport formasida.
Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” sharafini himoya qilayotgan futbolchi Singapurga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, Yaman bilan bahsda zaxiradan maydonga tushirildi.
Mazkur o‘yinchi sports.uzga Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lajak o‘yin va klubining uni terma jamoaga qanday qo‘yib yuborgani xususida gapirdi.
- Terma jamoamizdagi muhit a’lo darajada. Bizda iqtidorli yoshlar ham bor. Barcha yigitlar bilan munosabat zo‘r. Kayfiyat ham yuqori holatda. Saudiya Arabistoniga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xudo xohlasa, qo‘limizdan nima kelsa, barchasini qilamiz. Muhimi yutishga harakat qilamiz. Baribir hammasi Xudodan.
Rostdan klubim meni qo‘yib yuborgisi kelmagandi. Chunki chempionatda birinchi o‘ringa kurashyapmiz. Klub prezidenti ham bormasangiz yaxshi bo‘lardi, deb iltimos qildi. Ammo qanday bormayman?! Terma jamoadan taklif kelib turganida bormasam bo‘lmasligini ularga tushuntirdim. Keyin klubdagilar meni FIFA kunida, 2 iyunda qo‘yib yuboramiz dedi.
Ammo shunday bo‘lganida terma jamoada o‘ynashga imkoniyatim kam bo‘lardi. Nimaga deganda, moslashish kerak. Saudiyada ob-havo ham boshqacha, juda issiq. Koreyada esa havo boshqacha. Yaxshiki, klubdagilar meni tushundilar va ertaroq qo‘yib yuborishdi, - dedi Oleg Zoteyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi