
Joriy mavsum uchun qishki transfer oynasi 25 fevral kuni o‘z yakuniga yetgandi. Transferning so‘nggi kunida "Neftchi" klubi 4 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, keyinchalik aniqlanishicha, undagi ayrim hujjatlar soxtalashtirilgan bo‘lgan.
Liga mutaxassislarini "Neftchi" klubiga "Sementchi" jamoasidan kelib qo‘shilgan futbolchilarga tegishli ayrim hujjatlar shubhalantirgan. Keyinchalik mazkur masalada o‘rganishlar olib borildi va ayrim jihatlar qayta tekshirib chiqildi. Shundan so‘ng Liga Assotsiatsiyaning maxsus inspeksiyasiga murojaat qilib, mazkur ishni to‘liq o‘rganib chiqishni so‘radi.
O‘tgan davr davomida maxsus inspeksiya to‘plangan barcha ma’lumotlarni o‘rganib, "Neftchi" va "Sementchi" vakillari bilan suhbatlar o‘tkazdi hamda masalaga oydinlik kiritdi. "Sementchi" tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan 4 futbolchining shartnomasi yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, ayni vaqtda "Neftchi" klubida faoliyat olib borayotgan xodimlar 25 fevral kuni Ligaga yuklanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni soxtalashtirgan.
Reglamentning buzilishi holatlari aniqlanganidan kelib chiqib, aybdor shaxslar va klubga nisbatan sanksiya qo‘llash uchun ushbu ish O‘FA tegishli qo‘mitasiga oshirildi. Qo‘mita qaror qabul qilgach, bu haqda batafsil ma’lumot beriladi, deyiladi O‘zPFL matbuot xizmati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar