Xitoy fanlar akademiyasi bayonot berishicha, jinoyat ishining tafsilotlari asosida shaxsga 97 foiz aniqlikda ayblov e’lon qila oluvchi sun’iy intellekt yaratildi. Neyrotarmoq 2015 yildan 2020 yilgacha ochilgan 17 mingta ishni o‘rgangan, deyiladi «South China Morning Post» xabarida.
«Raqamli prokuror» modeli sakkiz toifadagi jinoyat bilan ishlay oladi: bank kartasidagi pullarni o‘g‘irlash, noqonuniy qimor o‘yinlari, mashinani xavfli boshqarish, qasddan tan jarohati yetkazish, o‘g‘rilik, firibgarlik, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilish va «muammoni qo‘zg‘ash».
Kelgusida «raqamli prokuror» boshqa toifa jinoyatlar bilan ham ishlay oladi, deyishmoqda olimlar.
Sun’iy intellekt muayyan ishlarda prokurorlar o‘rnini egallashi mumkin. Dunyo bo‘ylab huquqni muhofaza qilish organlarida sun’iy intellekt xizmatiga talab o‘sib boryapti. Masalan, Germaniyada suratlarni tanish va raqamli sud ekspertizasi o‘tkazishda turdosh texnologiyalar qo‘llanilyapti. Bu ishlarni aniq va tez bajarish uchun zarur.
Xitoy prokuratura faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llashni boshlagan ilk mamlakat bo‘ldi. 2016 yildan Tizim-206 deb nom olgan texnologiyadan foydalanish boshlangan, u dalillar va hibsga olish shartlarini baholab, jinoyat qilganlikda gumondor shaxsning jamiyat uchun qanchalik xavfli ekanini (yoki aksini) aniqlab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi