date

2026 yilgi Jahon chempionati uchun pley-off qur'asi o'tkazildi


2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati yo'llanmalari uchun o‘tkaziladigan qit'alararo pley-off o‘yinlari qur'asi bo'lib o'tdi. Ushbu o‘yinlarda yana ikki yo‘llanma o‘ynaladi.

DR Kongo va Iroq milliy terma jamoalari yuqori reytingga ega bo‘lgani sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri final bosqichiga yo‘l olishdi. Qur'a natijalariga ko‘ra, quyidagi juftliklar shakllandi: Birinchi yarim final: Yangi Kaledoniya – Yamayka Birinchi final: Yarim final g‘olibi – DR Kongo Ikkinchi yarim final: Boliviya – Surinam Ikkinchi final: Yarim final g‘olibi – Iroq Barcha o‘yinlar mart oyining oxirida Meksikada, neytral maydonda bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi. Hozirgacha 42 ta jamoa turnirga yo‘llanma olgan.

Yana ikki jamoa qit'alararo pley-offdan o‘tadi, to‘rt yo‘llanma esa UEFA hududidagi pley-off o‘yinlari orqali aniqlanadi. UEFA pley-off o‘yinlari qur'asi yaqin kunlarda o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2026 yilgi Jahon chempionati uchun pley-off qur'asi o'tkazildi