Qo‘yliqda qaychi bilan mashinalarni talagan o‘g‘ri ushlandi

1 daqiqa o'qish1.4K
Qo‘yliqda qaychi bilan mashinalarni talagan o‘g‘ri ushlandi

Toshkentning Bektemir tumanida bir necha avtomobildan yirik miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Hodisa haqida shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Dastlab, gumonlanuvchi Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi Nexia-2'ni qaychi yordamida ochib, salon va yukxonani titkilagan. U yerdan qariyb 76 million so‘m topib, o‘g‘irlangan pul bilan izini yo‘qotgani aytilmoqda.

Gumonlanuvchining aytishicha, u atrofni kuzatib turgan paytda avtomobil egasi katta miqdordagi pulni tushirib olib ketganini ko‘rgan, mashinada signalizatsiya yo‘qligini bilib, vaziyatdan foydalangan.

Bir muddatdan keyin u yana o‘sha hududga qaytib, bu safar eshiklari ochiq qolgan Cobalt'dan 17 million so‘mni o‘g‘irlab ketgan. Avtomobil egasi telefonda gaplashib, mashinani qulflamay qoldirgani gumonlanuvchi uchun yana imkoniyat bo‘lgan.

Shundan so‘ng, u yana jinoyat sodir etish niyati bilan Bektemirga qaytganda, tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi — “O‘g‘rilik” bilan ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?