date

Endi Telegramdan foydalanish har doim ham tekin bo‘lmaydi!

Endi Telegramdan foydalanish har doim ham tekin bo‘lmaydi!

So‘nggi kunlarda Germaniya, Braziliya va bir qator Afrika davlatlari foydalanuvchilari Telegram’ga kirishda muammoga duch kelmoqda. Ular odatiy bepul SMS orqali avtorizatsiyadan o‘tolmayotgani haqida shikoyat qilmoqda. Foydalanuvchi akkauntiga kirish uchun faqat pullik SMS xizmatidan foydalanish imkoniyati qolmoqda.

Telegramning rasmiy bayonotiga ko‘ra, ayrim mamlakatlarda SMS-xabarlar yuborish narxi haddan tashqari yuqori. Shu sababli kompaniya xarajatlarni qoplash maqsadida vaqtinchalik pullik avtorizatsiya tizimini joriy qilgan.

Pullik SMS orqali kirish narxi o‘rtacha 1–1,5 AQSh dollarini tashkil etadi. Kompaniya bu xaridni foydalanuvchiga kompensatsiya qilish maqsadida unga 1 haftalik Telegram Premium obunasini bepul taqdim etadi. Bu orqali foydalanuvchi qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Hozircha ushbu tizim faqat ba’zi davlatlarda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda Telegramdan kirish tartibi o‘zgarishsiz qolmoqda. Ammo foydalanuvchilar kompaniyaning bu yondashuvini bahslarga sabab bo‘layotganini aytmoqda. Aksariyat odamlar Telegram’dagi avtorizatsiya doim bepul qolishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Endi Telegramdan foydalanish har doim ham tekin bo‘lmaydi!