date

Koreya olimlari tish tuqimasini tiklovchi inqilobiy plastir yaratdi

Koreya olimlari tish tuqimasini tiklovchi inqilobiy plastir yaratdi

Janubiy Koreyada ilm-fan yana bir kutilmagan qadam tashladi: mahalliy mutaxassislar tishlarni tabiiy holda tiklay oladigan maxsus plastir ishlab chiqdi. Bu yangilik kelajakda an’anaviy plombalar, og‘riqli jarrohlik va qimmat muolajalar o‘rnini bosishi mumkin, deya ta’kidlamoqda mutaxassislar.

Yaratilgan plastir mikroignalari orqali Tideglusib nomli dori moddasini to‘g‘ridan to‘g‘ri milk to‘qimalariga yetkazadi. Dori tish ildizidagi stvol hujayralarini faollashtirib, tabiiy emalning qayta shakllanishi va yangi tish to‘qimalarining o‘sishiga turtki beradi.

Olimlar aytishicha, plastirni kuniga o‘rtacha 20 daqiqa milkka qo‘yib turish kifoya. Sinovlar hayvonlarda o‘tkazilgan va natijalar hayratlanarli bo‘lgan: shikastlangan tish tuqimalari hech qanday jarrohlik aralashuvisiz, tabiiy holda tiklangan.

Yangi texnologiya insonlarda ham samarali bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislar 2026-yildan keyin klinik qo‘llashga ruxsat berilishi mumkinligini bildirmoqda. Eng qizig‘i, bunday muolaja narxi bir tish uchun taxminan 300 dollar atrofida bo‘lishi mumkin — bu ba’zi klinikalarning zamonaviy tish implantlari va murakkab protez ishlaridan ancha arzon hisoblanadi.

Mutaxassislar bu texnologiya stomatologiya sohasini butunlay o‘zgartirishi, tabiiy tishni saqlashga xizmat qiladigan yangi davrni boshlab berishi mumkinligini aytishmoqda. Shuningdek, kelajakda plastirning yanada qulay, ko‘proq holatlarda qo‘llanadigan turlari ishlab chiqilishi ham kutilmoqda.

Qisqa qilib aytganda, yangi kashfiyot tabassumni tiklash jarayonini yengil, og‘riqsiz va ancha arzon qilish uchun katta imkoniyat ochadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Koreya olimlari tish tuqimasini tiklovchi inqilobiy plastir yaratdi