
O'zbekistonda 2026-yil 1-fevraldan boshlab chet ellik fuqarolar mamlakatdan chiqishda O'zbekistonda sotib olgan tovarlari uchun to'langan QQSni naqd pul shaklida qaytarib olishlari mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida qayd etilgan.
2026-yil 1-martdan boshlab Turizmni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi bir qancha yo'nalishlarni moliyalashtira boshlaydi. Har yili eng yaxshi 10 ta turizm startapiga yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish xarajatlarining 50 foizigacha, lekin bir loyiha uchun 1 milliard so'mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Mehmonxonalarga xalqaro “yashil” sertifikatlarni olish xarajatlarining yarmi qoplanadi. 2026-yil 1-apreldan boshlab xalqaro konferensiyalar tashkil etib, ularga kamida 100 nafar chet ellik mehmon jalb qilgan tadbirkorlar to'lagan QQSning 50 foizini qaytarib olishi mumkin bo'ladi.
2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga bir qator bojxona imtiyozlari taqdim etiladi. Turizm xizmatlari uchun olib kiriladigan avtobuslar, elektrobuslar va mikroavtobuslar bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi.
Qoraqalpog'istondagi turoperatorlar ekstremal turlar uchun yo'ltanlamas avtomobillarni soddalashtirilgan tartibda olib kirishi mumkin bo'ladi. Bu transport vositalariga bojxona to'lovining 25 foizi va utilizatsiya yig'imi uch yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lanadi.
Shu bilan birga, barcha transport vositalari uchun yagona sertifikat olish imkoniyati yaratiladi. 2030-yil 1-yanvarga qadar Brand Finance reytingining eng yaxshi 50 ta brendi qatoriga kiruvchi mehmonxona brendlari bilan oldindan kelishuvga ega tadbirkorlar mehmonxona qurilishi va jihozlanishida foydalaniladigan uskunalar, mebel, texnika va transport vositalari uchun bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi.
Shuningdek, qarorda xorijiy kinokompaniyalarni qo'llab-quvvatlash choralari belgilangan. Turizmni rivojlantirish qo'mitasi O'zbekistonda film suratga oluvchi studiyalarga ularning xarajatlarining bir qismini qaytarish jarayonini muvofiqlashtiradi.
Davlat byudjeti bir film uchun 10 foizdan 25 foizgacha, lekin 4 milliard so'mdan oshmagan miqdorda xarajatlarni qoplaydi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-martdan boshlab O'zbekiston mamlakatning turistik salohiyati, tarixi va madaniyatini ijobiy yoritadigan filmlar fragmentlarini yaratishni moliyalashtira boshlaydi.
Bu kelishuvlar Turizmni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan xorijiy kinostudiyalar bilan tuziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.