
Samsung‘ning Galaxy A va M qatoriga kiruvchi byudjet modellarida oldindan joylashtirilgan AppCloud ilovasi atrofida jiddiy xavotirlar paydo bo‘ldi. “Phone Arena” yozganiga ko‘ra, bu dastur Isroilda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan kuzatuv mexanizmlari mavjud bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Tekshiruvlar AppCloud operatsion tizimga juda chuqur ulanganini ko‘rsatdi. Eng e’tiborlisi — uni to‘liq o‘chirishning iloji yo‘q. Foydalanuvchi vaqtincha bloklasa ham, dastur qurilmada qoladi, tizim yangilanishi bilan yana avtomatik ravishda faollashadi. Ayrim hollarda esa telefon egasi bilmagan holda qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatishi mumkinligi ham qayd etilgan.
Mutaxassislar bunday yashirin faoliyatni “maxfiylik uchun bevosita xavf” sifatida baholashmoqda. AppCloud’ning foydalanuvchi roziligisiz harakat qilishi uni oddiy keraksiz dasturlardan ancha xavfliroq toifaga olib kiryapti.
Shu paytgacha Samsung bu masala yuzasidan biror rasmiy izoh bermagan. Ammo mavjud vaziyat Galaxy smartfonlari egalari AppCloud orqali nazorat ostida qolgan bo‘lishi ehtimolini kuchaytirmoqda. Bu esa shaxsiy ma’lumotlar, qurilmadagi faoliyat va internetdagi harakatlar xavfsizligi haqida jiddiy savollarni o‘rtaga chiqaryapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.