Qurbon hayiti oldidan ogohlantirish: narxlar sun’iy oshirilmasligi kerak

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida yirik savdo tarmoqlari va savdo majmualariga muhim murojaat bilan chiqdi. Unda bayram oldidan aholi talabining ortishi fonida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini asossiz ravishda oshirmaslik qat’iy tavsiya etildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda bozorda talab yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini barqaror saqlash muhim hisoblanadi. Shu bois, barcha savdo subyektlariga narx siyosatida adolat va mas’uliyatni saqlash zarurligi eslatildi.
Shuningdek, yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan narx o‘zgarishlari, logistika xarajatlari yoki boshqa omillar haqida Qo‘mitani o‘z vaqtida xabardor qilib borish lozimligi ta’kidlandi.
Chakana savdo tarmoqlari va savdo komplekslariga esa yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarni sun’iy oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!