2016 yilning oxirida AQShning 30 ga yaqin shahrida haydovchisiz avtomobillar paydo bo‘ladi, chunki butun mamlakat bo‘ylab ushbu avtomobillarni sinovdan o‘tkazish dasturi boshlab yuborildi.
Google kompaniyasi o‘zining haydovchisiz avtomobillarni Kaliforniya yo‘llarida sinovdan o‘tkazishni boshlash bo‘yicha rejalarini nazorat qiluvchi idoralar bilan kelishmovchilik yuzaga kelgani sababli qoldirishiga to‘g‘ri keldi. Kompaniya bu sinovlarni AQShning boshqa shtatlarida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Yaqin oylarda Florida va Shimoliy Karolina shtatlarida, shuningdek Sietl shahrida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish loyihalari amalga oshiriladi. Bu erlarda haydovchisiz 70 o‘rindiqli avtobus yo‘llarda harakatlanishni boshlaydi.
Bu loyihalarni Comet konsalting firmasi muvofiqlashtirib boradi. Ushbu firma haydovchisiz avtomobillar parkini oshirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Biz haydovchisiz avtomobillarni kollejlar kampuslari, tematik parklar, aeroportlar, shaharning markazlarida sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bu avtomobillar xuddi liftga o‘xshaydi: siz uning ichiga kirasiz, kerakli manzilni ko‘rsatasiz, eshik yopiladi va manzil sari yo‘l olasiz”, deb aytdi ushbu avtomobillarning tarafdorlaridan biri Kori Klozir New York Observer nashriga bergan intervyusida.
Bu avtomobillarning tarafdorlari nashrga ushbu avtomobillar yaqinda Grinvillda (Janubiy Karolina), Stendford universiteti va Nyu-Yorkdagi AQSh Harbiy akademiyasida sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu loyihalarga qiziqishning paydo bo‘lishi qolgan shtatlarni ham shunday dasturlarni boshlashga undaydi, deb umid bildirilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?