128
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Angliyaning Raskin universiteti olimlari olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bog‘dorchilik, golf o‘yini va piyoda yurish kabi o‘rtacha qiyinlikdagi jismoniy faollik depressiyaning oldini oladi, deb yozadi Lifehacker.
Universitet mutaxassislari jismoniy faollik va depressiyaga tushish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun to‘rt milliondan ortiq shaxslarning ma’lumotlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, ular faol hayot tarzi bilan doimiy tashvishlanish o‘rtasidagi umumiy jihatlarni ham aniqladi. Tadqiqotda 65 mingdan ortiq insonlar ishtirok etdi.
Foto: Lifehacker
O‘rganishlar natijasida shizofreniya, psixoz kabi ruhiy kasalliklarning ham jismonan sust insonlarda ko‘proq uchrashi ma’lum bo‘ldi. Shunday qilib, o‘rtacha yengillikdagi jismoniy mashqlar depressiyani 23 foizga, doimiy tashvishlanishni 26 foizga, shizofreniyani esa 27 foizga kamaytiradi. Qizig‘i shundaki, og‘ir va murakkab turdagi sport va mashqlar ko‘p hollarda stressga olib keldi.
"Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir insonga individual tarzda jismoniy faoliyat turini tanlash bo‘yicha aniq ko‘rsatma va shifokor tavsiyalari zarur", — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Li Smit.
Tadqiqot ishtirokchilari jinsi, yoshi va yashash joyidan qat’i nazar bir xil natija ko‘rsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi