09:51 / 26.04.2024
168

AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi

AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Foto: AQSH Davlat departamenti
AQSH Davlat departamentining arab tili bo‘yicha matbuot kotibi prezident Jo Bayden administratsiyasining G‘azo borasidagi siyosatiga qo‘shilmagani uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Hala Rharrit, shuningdek, Dubay mintaqaviy media markazi direktori o‘rinbosari bo‘lgan va 2006 yilda Tashqi ishlar xizmatiga siyosiy xodim sifatida qo‘shilgan.

2024 yil aprel oyida AQSHning G‘azo sektoridagi siyosatiga qarama-qarshilikda 18 yillik munosib xizmatimdan so‘ng iste’foga chiqdim. Qurol emas, diplomatiya. Tinchlik va birdamlik kuchi bo‘ling”, — deb yozgan Rharrit o‘zining LinkedIn sahifasida.

Davlat departamenti saytida Rharrit “diplomatiyaga, muloqot va tushunish orqali to‘siqlarni yo‘q qilishga ishtiyoqi borligi” keltirib o‘tilgan.

Rharrit AQSH Isroilning G‘azo sektorini bombardimon qilishini qo‘llab-quvvatlaganini tanqid qilgani uchun lavozimidan ketgan AQSH diplomatlarining oxirgisi bo‘ldi.

Davlat departamentining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha byurosi direktori bo‘lgan Josh Pol oktyabr oyida iste’foga chiqqandi. U Oq uyning Isroilni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash qaroriga qo‘shilmasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi