Google kompaniyasi 2009 yildan beri avtonom tarzda harakatlanadigan avtomobillar yaratish ustida ish olib bormoqda. Biroq qidiruv gigantining avtomobillarni ishlab chiqish bo‘linmasi rahbari Dmitriy Dolgovning aytishicha, kompaniya avtomobil emas, balki mukammal haydovchini yaratishni maqsad qilgan. Bu haqda "Carzone.uz" xabar berdi.
Dolgovning Recode resursiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil haydash ijtimoiy hodisa bo‘lib, ushbu jarayonda mashina nafaqat odam va boshqa buyumlarni aniqlay olishi, balki ular bilan muloqotga kirishishi ham talab etiladi. Shuning uchun kompaniya shunchaki avtomobil emas, shu bilan bir qatorda, odamlar tomonidan bajariladigan tana ishoralariga ham reaksiya qila oladigan to‘laqonli gadjetni ishlab chiqmoqchi.
Google-Car-View-Approaching-a-Railroad-Crossing-1200x676-768x433
Mukammal haydovchi deganda, Google istalgan joy va sharoitda harakatlana oladigan mashinalarni nazarda tutgan. Chunki shunchaki avtonom mashina istalgan joyda intellektual tarzda yura olmaydi. Bunday avtomobillar harakat chog‘ida odamlardan farqli tarzda, turli xaritalar, sensorlar, lazer va radarlardan foydalanadi. Atrofida 100 metr radiusda yuz beradigan hodisalarni aniqlaydi va ularga munosabat bildiradi (masalan, svetofor chirog‘ini aniqlashda). Bundan tashqari, bu kabi aqlli avtomobillar bulut xotirasi orqali bir-biri bilan kommunikasiyaga kirishadi va kundan-kunga rivojlanib boradi. Dolgovning ta’kidlashicha, Google mutaxassislari avtomobil dasturiy ta’minotini umuman kiberhujumlarga uchramaydigan darajada xavfsiz etib ishlab chiqadilar. Kelajakda bunday aqlli avtomobillar barchaga turli yo‘nalishlarda xizmat qilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi