16:12 / 18.09.2019
3 487

8 oyda O‘zbekiston 233,8 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan

8 oyda O‘zbekiston 233,8 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 233,8 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74,7 foizga ko‘pdir.

Umuman olgan, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish asta-sekin tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda esa 72 foizga qadar ko‘tarildi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, elektromobillar olib kirishga bojxona to‘lovlari va aksiz solig‘ining nol stavkalari o‘rnatildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 8 oyda O‘zbekiston 233,8 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan