Muzlagan yo’llarda avtomobil boshqarish qoidalari

  • 25 noyabr 2019, 11:42
  • 2 721
  • Avto
  • Muzlagan yo’llarda avtomobil boshqarish qoidalari
    Bugun Toshkentda qor. Avtoulov sohiblari ikki karra mas'uliyatli bo’lishlari talab etiladi. Muzlagan yo’llarda mashina boshqarish bo’yicha tavsiyalar harakatlanish davomida sizga asqotadi, deb umid qilamiz.

    - Agar shinalarni qishki rezinaga almashtirmagan bo’lsangiz, muzlagan yo’lda haydamaganingiz ma'qul.

    - Unutmang, tezlik muzlagan yo’lda haydovchining asosiy dushmani. Avtomobil tezligi qanchalik past bo’lsa, u sizga ko’proq itoat qiladi.

    - Masofa! Yo’lda ikkita mashina orasidagi masofani quyidagi formula bo’yicha hisoblash kerak: avtomobil tezligi ikkiga ko’paytiriladi va to’g’ri masofa metrlarda olinadi, ya'ni 100 km / soat uchun yaxshi masofa 200 metrni tashkil qiladi.

    - Muzli sharoitda pedallar yoki g’ildirak bilan keskin harakatlar qilmang, tez tormozlanib, tezlashmang. Har qanday manevr avtomobilingizni yo’ldan chiqishiga olib kelishi mumkin.

    - Yo’ldagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boring. Shoshilmang, yo’l bering, juda ehtiyotkor va e'tiborli bo’ling!

    » » Muzlagan yo’llarda avtomobil boshqarish qoidalari