«Treker»ga navbatdagi aksiya e’lon qilindi

  • 25 yanvar 2020, 10:34
  • 3 924
  • Avto
  • «Treker»ga navbatdagi aksiya e’lon qilindi
    UzAvto Motors kompaniyasi «O‘zavtosanoat lizing» bilan hamkorlikda Tracker M/T avtomobilini imtiyozli shartlarda sotib olishni taklif qildi.
    Qayd etilishicha, 27 yanvardan 27 fevralga qadar faqat jismoniy shaxslar uchun Tracker LT M/T avtomobilini sotib olishda yangi taklif amal qiladi.

    Xaridor avtomobil narxining 30 foizini to‘lab, qolgan summani 3 yil davomida yillik 20 foiz ustama bilan to‘lashi mumkin.
    Ushbu shartlar asosida avtomobillarni kompaniyaning barcha rasmiy dilerlik markazlarida sotib olish mumkin.

    » » «Treker»ga navbatdagi aksiya e’lon qilindi