Chevrolet Trax va Trailblazer eksport bo'yicha rekord o'rnatdi

Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan Chevrolet Trax va Trailblazer krossoverlari xalqaro bozorda katta muvaffaqiyatga erishdi. 2025 yil yakunlariga ko'ra, ushbu modellar mamlakat yengil avtomobil eksporti reytingida mos ravishda birinchi va beshinchi o'rinlarni egalladi. Natijada Chevrolet ketma-ket uch yil davomida Koreya avtomobil eksportida yetakchilikni saqlab qoldi. Bu haqda starnewskorea.com xabar beradi.
Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Chevrolet Trax 2025 yilda 296 658 dona sotilib, eksport bo'yicha mutlaq g'olib bo'ldi. Ushbu model o'zining zamonaviy dizayni, keng saloni va barqaror boshqaruv xususiyatlari bilan xaridorlar e'tiborini qozongan. AQSH bozorining o'zida 264 855 dona sotilgan krossover J.D. Power reytingida eng yaxshi ixcham yo'ltanlamaslar uchligiga kirdi. Hozirgi kunda modelning umumiy xalqaro savdo hajmi 800 ming donadan oshib ketdi.
Trailblazer modeli ham o'z o'rnini mustahkamlab, 2019 yildan buyon jami 980 ming donadan ortiq sotildi. U o'zining mustahkam dizayni, zamonaviy haydovchiga yordam tizimlari va keng yukxona imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Kompaniya mijozlar tanlovini kengaytirish maqsadida RS, ACTIV hamda yangi Midnight Black Edition kabi turli xil modifikatsiyalarni taklif etmoqda. 2026 yil mart oyida esa Chevrolet Trax krossoverining yangilangan RS Ignite Edition versiyasi ham taqdim etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!