Erdo‘g‘on Turkiya Mosuldagi harbiy operasiyada ishtirok etish uchun ruxsat so‘ramasligini bildirdi

  • 12 oktyabr 2016, 17:42
  • 4 521
  • Dunyo
  • Erdo‘g‘on Turkiya Mosuldagi harbiy operasiyada ishtirok etish uchun ruxsat so‘ramasligini bildirdi

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Iroqning Mosul shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha operasiyada Anqara ishtirok etishini istamaganlarni qoraladi. Turkiya prezidenti bu haqda Istanbulda bo‘lib o‘tgan 9-Evrosiyo islom kengashiga murojaatida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

    Prezidentga ko‘ra, IShID Turkiyaga terror bilan tahdid qilmoqda va mamlakat jangarilar hujumi oldini olish va qo‘shnilar — Iroq hamda Suriyaga yordam berish choralarini ko‘rmoqda. Buning uchun esa hech qanday ruxsat talab etilmaydi va Turkiyaning bunday niyati ham yo‘q.

    “Ayrim davlatlar o‘zlari uchun xavf mavjud deb hisoblagan taqdirda Afg‘oniston va boshqa davlatlardagi operasiyalarda ishtirok etish uchun ko‘plab kilometrlarni bosib o‘tadi. Suriya bilan 911, Iroq bilan esa 350 kilometr umumiy chegarasi bo‘lgan Turkiyani esa aralashmasligi va qo‘shni davlatlarda tug‘ilayotgan tahdidni bartaraf etmasligini istashmoqda”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erdo‘g‘on Turkiya Mosuldagi harbiy operasiyada ishtirok etish uchun ruxsat so‘ramasligini bildirdi