Grin-karta nomi bilan mashhur AQSh lotereyasi, ya’ni immigrantar uchun maxsus viza dasturi so‘nggi 10 yil ichida butun dunyodan 156 million kishini qamrab olgan. Ammo ularning ayrimlarigina viza olishga muvaffaq bo‘lishgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
2015 yilda 14 milliondan ziyod ishtirokchilarning 12 foizi Gana fuqarolari bo‘lgan. Qariyb 1,5 million nomzodlar esa O‘zbekiston aholisiga to‘g‘ri keldi. Ishtirokchilar umumiy sonining 10 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qilgan. Bu borada uchinchi o‘rinni Ukraina band etdi. 1 milliondan ziyod kishi Ukraina fuqarolarini tashkil etdi.
“Grin-karta” immigrantlar dasturida viza olishga muvaffaq bo‘lganlar orasida ham o‘zbekistonliklar kuchli o‘nlikka kirishgan. Bu borada O‘zbekiston beshinchi pog‘onada qayd etilgan. 2016 yilda 2366 nafar o‘zbekistonlik vizaga ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai