20:43 / 05.05.2024
174

Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”

Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Foto: “Kommersant”
Isroil HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish evaziga G‘azo sektorida vaqtinchalik sulhga erishishga tayyor. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Netanyaxu barcha HAMAS jangchilari yo‘q qilinmaguncha urushni to‘liq tugatish imkoniyatini istisno qildi.

Isroil garovga olinganlarni ozod qilish uchun sulhga erishish bo‘yicha muzokara olib borishga tayyor. Biz 124 kishini garovdan ozod qilib, jangga qaytganimizda shunday qilgan edik. Bugun ham shunday yo‘l tutishga tayyormiz.

HAMAS batalonlari bunkerlaridan chiqib, G‘azo ustidan nazoratni qaytarib olishi, harbiy infratuzilmasini qayta qurishi va mamlakatning barcha hududlarida Isroil fuqarolariga yana tahdid qilishga tayyor emasmiz
”, — dedi Isroil bosh vaziri.

U HAMAS muzokaralarda ilgari surayotgan jangovar harakatlarni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azodan to‘liq olib chiqib ketish talablarini qabul qilib bo‘lmasligini aytdi. Netanyaxu Isroil “barcha maqsadlariga erishilmaguncha kurashni davom ettirishini” yana bir bor ta’kidladi.

Misr va Amerika rasmiylari Qohiradagi HAMAS-Isroil kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda “murosa belgilari” borligini bildirmoqda. Agar Isroil urushni davom ettirishdan bosh tortmasa, kelishuv buzilishi mumkin. Isroillik anomin rasmiy mamlakat armiyasi har qanday sharoitda ham Rafahda operatsiya o‘tkazishini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”