21:39 / 07.04.2017
7 423

OAV: AQSh Suriyaga zarba berishi haqida Fransiyani xabardor qilgan

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson fransuz hamkasbi Jan-Mark Eroni AQSh qurolli kuchlarining Suriyaga zarbasiga hozirlik ko‘rilayotgani haqida xabardor qilgan. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, «TASS»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

Ero AQSh qurolli kuchlarining Suriyadagi aviabazaga zarbasini jinoyatkor tuzum uchun ogohlantirish deb atadi. U Suriyaning kelajagi amaldagi prezident Bashar Asad bilan bog‘liq emasligi va Vashingtonning Suriyadagi tanglik bo‘yicha nuqtai nazari oydinlashib borayotganini bildirdi.

Reuters agentligiga ko‘ra, Tillerson Ero bilan muzokaralar chog‘ida Vashington kelgusida ham o‘z harakatlarini ittifoqdoshlar bilan muvofiqlashtirib borish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: AQSh Suriyaga zarba berishi haqida Fransiyani xabardor qilgan