21:42 / 23.08.2017
7 195

AQSh dengiz floti qo‘mondoni sharmandali tarzda lavozimidan haydaldi

AQSh dengiz floti qo‘mondoni sharmandali tarzda lavozimidan haydaldi
AQShning Tinch okeani hududida faoliyat olib boruvchi 7-floti qo‘mondoni Jozef Okoin bir necha oy ichida Amerika harbiy kemalarida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar sababli lavozimidan chetlashtirildi. Uning o‘rnini admiral Fil Soyer egalladi. Bu haqda AQSh Tinch okeani flotining saytida xabar berildi.

Ikki kemada avariyaviy holatning yuzaga kelishi natijasida har ikkisi ham flot xizmatidan olingan.

Ushbu qaror AQSh harbiy dengiz kuchlari Tinch okeani floti qo‘mondoni admiral Skott Svift tomonidan qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, Okoin boshqaruvidagi “John S. McCain” hamda “Fitzgerald” harbiy kemalarining savdo kemalari bilan to‘qnashuvi natijasida etti nafar askar halok bo‘lgan va o‘n nafar harbiy bedarak yo‘qolgan. Shu sababli qo‘mondon qobiliyati shubha ostiga olingan edi.

Okoin urushga kirishmasdan ikki yirik harbiy kemani yo‘q qilgan qo‘mondon sifatida e’tirof etilgan. Bu singari holatlar AQSh tarixida yuz bermaganligi aytilgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh dengiz floti qo‘mondoni sharmandali tarzda lavozimidan haydaldi