8 179
7 yoshli qizaloq sevimli serialidagi raqs sahnasini takrorlash jarayonida tirikligicha yonib ketdi
Hindistonning Ashray qishlog’ida istiqomat qilgan 7 yoshli Prattana sevimli seriali “Nandini”dagi raqs sahnasini takrorlashga uringan paytda tirikligicha yonib ketdi. Voqea sodir bo’lgan chog’ uyda oilaning kattalaridan hech kim bo’lmagan.
Qizaloq serial qahramonining olovli halqa o’rtasida raqs tushishidan ta’sirlangan va uyga olov yoqqan. Prattana yona boshlagach, uning singlisi qo’shnilarni yordamga chaqirdi. Qo’shnilar uydagi olovni o’chirishdi va shifoxonaga qo’ng’iroq qilishdi. Ammo qizaloq voqeaning ertasi kuni shifoxonada jon berdi.
Ayni paytda Hindiston politsiyasi ushbu voqeaga qizning ota-onasi qanchalar aloqador ekanligini tekshirmoqda. Xabarda aytilishicha, ularga e’tiborsizlik aybi qo’yilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, “Nandini” hind televideniesining eng qimmat seriallaridan biri hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?