20:21 / 09.12.2017
7 632

Ekstrasens Kadonining bashorat qilishicha, AQSh 2018 yil martida tanazzulga yuz tutadi...

Ekstrasens Kadonining bashorat qilishicha, AQSh 2018 yil martida tanazzulga yuz tutadi...
Novosibirsklik jodugar, ekstrasens Vlad Kadoni Rossiyaning «TNT» telekanali namoyish etiladigan «Ekstrasenslar jangi» shousida arvohlar bilan tillashish qobiliyati ham borligini aytib o‘tgandi. Qolaversa, jurnalistlarga ma’lum qilgandiki, yaqinda hindular shamani bilan tillashibdi. Shaman Amerika 2018 yil mart oyida haqiqatan bir necha o‘nlab bo‘laklarga bo‘linib ketishini alohida ta’kidlabdi.

— Amerika azaldan o‘zga davlatlar ichki ishiga aralashib kelmoqda, — dedi ekstrasens. — Tinch yashayotgan mamlakatga qaysidir aybni ro‘kach qilib urush e’lon qiladi. Yoki millatlarni bir-biriga gij-gijlab urishtirib qo‘yadi. O‘zi esa imi-jimida bu urush yordamida boylik to‘plash harakatiga tushadi. Har bir gunohning o‘z javobi bor. Mana, qilmishlari uchun bu davlat parchalanish pallasida turibdi. Amerika tanazzulga yuz tutgach, shtatlarning ko‘pchiligi mustaqillik e’lon qiladi.

Vashington yo‘q qilinadi. Yashab, mustaqil bo‘lib hayotni davom ettiruvchi shtatlar taxminan 17 ta atrofida bo‘ladi. Qolgan shtatlarning ba’zilari Kanada, ba’zilari Meksikaga qo‘shilib ketadi. Florida Kubaning bir qismiga aylanadi. Men bularning barchasini hindu shaman arvohidan eshitib aniqladim…

Nima ham derdik. Bandalar Yaratgan egamning qarshisida ojiz. Uning qudratiga iymon keltirishdan bo‘lak imkonga ega emas. Bashoratchi va hindular shamani arvohining aytganlari qanchalar o‘zini oqlaydi, albatta buni vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekstrasens Kadonining bashorat qilishicha, AQSh 2018 yil martida tanazzulga yuz tutadi...