21:26 / 05.01.2018
5 892

Belarus prezidenti xokkey uchrashuvi vaqtida maydondan chetlatildi (video)

Belarus prezidenti xokkey uchrashuvi vaqtida maydondan chetlatildi (video)
Belarus – Birlashgan Arab Amirliklari xokkey uchrashuvi tomoshabinlari antiqa holat guvohi bo‘ldilar. Uchrashuv vaqtida unda ishtirok etayotgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘yin qoidasini buzgani uchun maydondan 2 daqiqaga chetlatildi. Uchrashuv 12:7 hisobida Belarus foydasiga yakunlangan.

“Nasha Nіva” nashrining ma’lum qilishicha, Lukashenko maydon markazida shaybani o‘yinga kiritish vaqtida raqibi ustiga yiqilib tushgan. Uchrashuv hakamlari tribunalar kulgisi ostida Lukashenkoni 2 daqiqalik jarima bilan jazolab, maydondan chetlatishgan.

Ushbu videoga berilgan izohlarda foydalanuvchilar voqea go‘yoki sahnalashtirilgandek ko‘ringanini aytishgan. Ba’zilar esa hazillashib, prezidentni maydondan chetlatishga botina olgan hakam omon qolgani-yo‘qligi borasida qiziqishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidenti xokkey uchrashuvi vaqtida maydondan chetlatildi (video)