Kecha, 30 yanvar kuni Belgiya sobiq Bosh vaziri Elio Di Rupo nomiga shubhali kukun bo‘lgan konvert kelgan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Ruponing kotibi kovertni ochgach, kukunni ko‘rgan va darhol bu haqda xabar bergan. Xodimlarning barchasi evakuatsiya qilingan, pochta bilan aloqada bo‘lganlar esa “sibir kuydirgisi”ga tekshirish uchun alohida nazorat ostiga olingan.
Belgiyaning sobiq Bosh vaziri va amaldagi Mons shahri hokimi nomiga kelgan konvertdagi kukun tahlil qilinganda oddiy shakar kukini bo‘lib chiqdi. Tahlil natijalaridan keyin kuydirgiga tekshiruvda bo‘lgan xodimlarga javob berilgan.
Konvert kelgan vaqtda shahar hokimi xorij safarida bo‘lgan. Xatning jo‘natilgan manzili noma’lum. Tergov ishlari boshlangan.
Avval ham bunday holat kuzatilgan, jumladan, 18 yanvar kuni Belgiya bosh kotibi Teo Franken nomiga kelgan konvertda ham shubhali kukun va o‘q dori bo‘lgan. Keyinchalik tekshiruv kukunni zararsiz ekanini ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda