14:29 / 15.02.2018
4 639

Floridadagi maktabda sodir etilgan otishmada 17 kishi qurbon bo‘ldi

Floridadagi maktabda sodir etilgan otishmada 17 kishi qurbon bo‘ldi
Amerikaning Florida shtati Parklend shahridagi «Marjory Stoneman Douglas High School» maktabida otishma yuz berdi. Natijada 17 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi.

Shtat hukumatining aytishicha, otishma 1999 yilda tug‘ilgan Nikolas Kruz ismli shaxs tomonidan sodir etilgan. Nikolas Kruz avval shu maktabda o‘qigan, qoidabuzarligi uchun maktabdan chetlatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlarning 12 nafari maktabda, ikki nafari maktab oldida, bir nafari yo‘lda va yana 2 nafari shifoxonada halok bo‘lgan.

Maktab hafta oxiriga qadar yopilgan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp, shuningdek, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridadagi maktabda sodir etilgan otishmada 17 kishi qurbon bo‘ldi