Saudiyalik jurnalist Jamol Xoshxojining so‘roq qilinishi va o‘ldirilish jarayoni uning Apple Watch soatiga yozilib qolgan, deb xabar berdi Kun nashri Turkiyaning Sabah gazetasiga tayanib.
Nashrning ma’lum qilishicha, Xoshxoji konsullik binosiga kirishidan oldin qaylig‘iga iPhone’ini qoldirgan va Apple Watch soatini audiooyozuv rejimiga qo‘ygan. Gazetaning qayd etishicha, smartfon "jurnalistning qo‘lidagi Apple Watch bilan sinxronlashgan".
"Natijada jurnalistning so‘roq qilinishi, qiynoqqa solinishi va o‘ldirilishi jarayoni iPhone’ga uzatilgan va avtomatik ravishda Apple iCloud’ga yuklangan. Xabar qilinishicha, Saudiya razvedkasi vakillari jurnalistning qo‘lidagi soatni payqab qolishgach, undagi yozuvlarni o‘chirishga urinishgan. Ammo ayrim yozuvlar saqlanib qolgan va ular o‘rganib chiqilganidan so‘ng qotillik amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan", — deb yozadi gazeta.
Payshanba kuni Washington Post gazetasi Turkiya AQShga jurnalistning qiynoqqa solingani va o‘ldirilganini isbotlovchi audio va videoyozuvlar mavjudligini bildirganini yozgandi. Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Xoshxoji 2 oktyabr kuni konsullik binosiga kirganidan so‘ng o‘ldirilgan va tanasi nimtalangan.
Washington Post gazetasida sharhlovchilik qiladigan Xoshxoji 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kirganidan so‘ng yo‘qolib qolgandi.
Saudiya hukumatining ta’kidlashicha, jurnalist konsullik binosidan chiqib ketganidan so‘ng yo‘qolib qolgan. Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni jurnalistning yo‘qolib qolishiga aloqador emasligini isbotlashi shartligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi