11:02 / 08.02.2019
3 461

AQShda Suriyadan qo‘shinlarning to‘liq olib chiqilishi muddati ma’lum qilindi

AQShda Suriyadan qo‘shinlarning to‘liq olib chiqilishi muddati ma’lum qilindi
AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini aprel oxirigicha to‘liq olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, amerikalik harbiylar yaqin haftalarda Suriyani tark eta boshlaydilar. Bundan oldin ular IShID terrorchilik guruhini batamom tor-mor etishlari lozim. Ta’kidlanishicha, qo‘shinlarning katta qismi mart o‘rtalarigacha, to‘liq esa aprel oxirigacha olib chiqiladi.

Shuningdek, AQSh qo‘shinlarni olib chiqishdan oldin turk harbiylarining kurdlarga hujumini istisno qilish maqsadida Turkiya bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga Vashington Anqara bilan kelishuvga erishilmasa, qo‘shinlarni olib chiqishni qoldirishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini istisno qilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda Suriyadan qo‘shinlarning to‘liq olib chiqilishi muddati ma’lum qilindi