08:02 / 10.03.2019
9 706

Tojikiston sharqida boʻrilar ikki ayolni gʻajib tashladi

Tojikiston sharqida boʻrilar ikki ayolni gʻajib tashladi
Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida 83 yoshli ayol va uning 55 yoshli qizi boʻrilar toʻdasining qurboniga aylandi. Fojia 7 mart kuni ertalab Shugnan tumanidagi Porshnev jamoatiga qarashli Mdenxor qishlogʻida yuz berdi – deb xabar beradi tnews.uz.

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar Qoʻmitasining matbuot kotibi Umeda Yusupovaning xabar qilishicha, ayollar ertalab uydan chiqqanlarida boʻrilar toʻdasi hujumiga uchragan.

Porshnev jamoati vakillari mazkur faktni tasdiqlashgan. Ularning xabar qilishicha, boʻrilar ayollarni tiriklay gʻajib tashlagan.

Bu boʻrilarning mahalliy aholiga birinchi hujumi emas. 2013 yilning fevralida Rushan tumanidagi Badjuv qishlogʻida istiqomat qiluvchi 81 yoshli Nabotbegim Xudodova vahshiy hayvonlar qurboniga aylangan edi. Olgan jarohati tufayli ayol hodisa joyida vafot etgandi.

Oʻsha yilning yanvarida boʻrilar toʻdasi Shugnan tumanidagi Sijd qishlogʻida yashovchi 90 yoshli Ozoda Saidnurulloyevaga hujum qilgan edi. Hodisadan keyin ayol uzoq davolangan va shifoxonada reabilitatsiya qilingan edi.

Ekspertlarning soʻzlariga qaraganda, och qolgan boʻrilar toʻdasi ovqat izlab qishloqqa tushishga majbur boʻlmoqda va koʻpincha odamlar ularning qurboniga aylanmoqda.

Tojikistonda boʻrilarni ovlash rasman taqiqlangan, shuningdek togʻli qishloqlarda yashovchi aholi vahshiylarga qarshi kurashda qurolga ega emas. Bir necha yil muqaddam ekologlar Afgʻonistondan Tojikistonga boʻrilar migratsiyasini qayd qilishgan edi, shundan soʻng yirtqichlarning chorva mollari va hatto mahalliy aholiga hujum qilishi borasida mahalliy aholi tomonidan shikoyatlar bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston sharqida boʻrilar ikki ayolni gʻajib tashladi