15:43 / 03.08.2019
2 591

AQSh demokratik partiyasidan nomzodlar Rossiya haqida qanday fikrda?

AQSh demokratik partiyasidan nomzodlar Rossiya haqida qanday fikrda?
Foto: Google Photos
AQShning Foreign Policy nashri o‘tayotgan haftada demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlarning Rossiya haqida bildirgan fikrlari jamlanmasini e’lon qildi. Nomzodlarning iqtiboslarini Jo Bayden o‘z internet sahifasida to‘plab ommaga namoyish qildi. Iqtiboslarning aksariyati Rossiya haqida salbiy fikr va mulohazalar jamlanmasi desa ham bo‘ladi.

«Ajnabiy kuchlarning saylovga aralashuvi faqatgina demokratik institutlarimizga qarshi jiddiy xavfgina bo‘lib qolmay, milliy xavfsizligimizga ham tashlangan soyadir. Rossiya va boshqa avtoritar rejimlar demokratik saylovlarimiz natijalarini o‘zgartirishga faol urinmoqda, biz bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz». Elizabet Uorren, senator, 2019 yil 22 fevral.

«O‘zining inqirozli holatini yashirish uchun Rossiya xalqaro hamjamiyatni yashirin agressiyasi va prinsipsiz xatti-harakati bilan qo‘zg‘atishga urinmoqda. Masalan, shu hafta Rossiya Qrim qirg‘oqlarida Ukraina flotining uchta kemasini ushlab olib, o‘z niyatini oshkor qildi. Vladimir Putin erkin matbuotni bo‘g‘moqda va Rossiyaning qudrati bilan maqtanmoqda, lekin uning amaldagi hokimiyati uning do‘stlari va hamkorlari boshqaradigan korporasiyaga tayanadi». Kamala Xarris, senator, AQSh universitetidagi nutqdan, 2018 yil 27 yanvar.

«Nazarimda, barchamiz yaxshi tushunamiz. Rossiya 2016 yilgi saylov vaqtida mamlakatimizga qarshi chiqdi va hozirda ham bizga qarshi tajovuzkor siyosatni davom ettirmoqda. Rossiya nafaqat muqaddas bo‘lgan demokratik g‘oyalardan biri – erkin va adolatli saylov huquqini, balki, fikrimcha, amerikacha o‘ziga xoslikni ham poymol qildi». Pit Butijich, Saut Bend shahri meri, Indiana shtati, 2018 yil 1 avgust.

«Men haqiqatan ham Rossiyani demokratiyamizga qarshi xakerlik hujumi uyushtirgani uchun ham biz uchun asosiy geosiyosiy xavf deb hisoblayman. Ular shu tufayli ikki yil ichida kulgidan rosa yorilay deyishdi, boshqa xavflardan oldin ayni shu masalaga diqqat qaratishimiz kerak». Kori Buker, senator, 2019 yil 27 iyun.

«AQShga hujum uyushtirilgani hayratlanarli. AQSh prezidenti agressiyaga javob qaytarmay mansab jinoyatiga teng keladigan ish qildi. Putin kuchni hurmat qiladi, biz esa, muttasil davom etayotgan hujumlarga qaramay, tubga yotib oldik». Emi Klobushar, senator, 2018 yil 31 yanvar.

«Bahslashishga tayyorman. U 2020 yilda ham saylov jarayoniga aralashishni niyat qilgan. Myuller o‘z ma’ruzasida e’lon qilishga uringan haqiqatga erishish uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilganimiz bilan Kongressni ta’minlashimiz hamda 2020 yildagi saylovni xavfdan xoli qilish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz, amaldagi ma’muriyatni javobgarlikka tortilishini ta’minlashimiz kerak». Bil de Blazio, Nyu-York meri, 2019 yil 3 may.

«Qo‘shma Shtatlar o‘z tashqi siyosatini Rossiya, Saudiya Arabistoni va Eron kabi «neft o‘qi» davlatlaridan ajratib olishi kerak». Maykl Bennet, senator.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh demokratik partiyasidan nomzodlar Rossiya haqida qanday fikrda?